Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 24-sentabr
Korvon — yuk egalari va yuk tashuvchilarni bogʻlaydigan ilova va veb-sayt. Bu sahifa qanday maʼlumot yigʻishimiz, nima uchun va kim koʻrishi haqida.
Qanday maʼlumot yigʻamiz
- Login va parolingiz — parol faqat shifrlangan (xeshlangan) holda saqlanadi.
- Aloqa uchun telefon raqamingiz — agar uni profilda koʻrsatsangiz. Oldingi versiyada SMS orqali kirganlarning telefon raqami ham saqlanadi.
- Ismingiz yoki kompaniya nomingiz va siz tanlagan rol (haydovchi, yuk egasi).
- Siz joylagan yuk va boʻsh mashina eʼlonlari: yoʻnalish, tavsif, ogʻirlik va hajm, mashina turi, sana, narx va avans.
- Ilova ichidagi xabarlaringiz, saqlagan eʼlonlaringiz va qidiruvlaringiz.
- Texnik maʼlumot: qurilma turi, ilova versiyasi, IP-manzil va kirish vaqti — hisobingizni himoya qilish uchun.
Kim nimani koʻradi
- Eʼlonlaringiz va ismingiz hammaga, jumladan hisobsiz saytga kirganlarga ham koʻrinadi. Eʼlonlar Korvonning Telegram kanal va guruhlarida ham chiqariladi.
- Profilda koʻrsatgan telefon raqamingiz eʼlonlaringizda hisobiga kirgan foydalanuvchilarga koʻrinadi, ular sizga qoʻngʻiroq qilishi mumkin. Raqamni istalgan vaqtda profildan yashirishingiz mumkin. Loginingiz hech kimga koʻrsatilmaydi.
- Xabarlaringizni faqat suhbatdagi ikki tomon koʻradi.
- Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
- SMS xabarlar SMS xizmat koʻrsatuvchi orqali yuboriladi; unga faqat telefon raqam va kod matni beriladi.
Qayerda va qancha saqlanadi
Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq saqlanadi. Kirish kodlari bir necha daqiqada eskiradi. Hisobingizni oʻchirsangiz, ismingiz, loginingiz, parolingiz va telefon raqamlaringiz darhol oʻchiriladi, ochiq eʼlonlaringiz bekor qilinadi, saqlangan eʼlon va qidiruvlaringiz oʻchiriladi. Qonun talab qiladigan yozuvlar shaxsni aniqlamaydigan holda saqlanishi mumkin.
Hisobni oʻchirish
Ilovada: Profil → Hisobni oʻchirish. Batafsil: hisobni oʻchirish.